Fransiya chempioni – “PSJ” jamoasi “Barselona” hujumchisi Neymarni 190—193 million yevroga sotib olishga tayyor edi, ammo uning 44 million yevrolik soliq qarzini to‘lashni istamadi va undan voz kechdi. Bu haqda L’Equipe nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Braziliyalik 24 yoshli futbolchi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda aybdor deb topildi va uning bankdagi bir nechta hisob raqami hamda mol-mulki muzlatib qo‘yildi. Braziliya sudi Neymarni 44 million yevro soliq to‘lashga majbur qilib qo‘ydi.
Xabarda qayd etilishicha, Neymar Parij klubidan yillik 25 million yevro moash va uning 44 million yevrolik soliq qarzini to‘lashni talab qilgan edi.
“PSJ” futbolchining talabiga rozi bo‘lmadi va shundan so‘ng Neymar “Barselona” bilan shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirdi.