MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari temir yo‘llari ma’muriyatlari xalqaro poyezdlarni o‘tkazish xizmati uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ini nolga tushirishni yoqlab chiqmoqda. Bu haqda MDH ishtirokchi-davlatlari temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashi direksiyasi raisi Pyotr Kucherenko kengashning 65-yig‘ilishida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “TASS”.
“G‘oya kengash direksiyasida paydo bo‘ldi. Xarajatlarni qisqartirishning shartlaridan biri — poyezd o‘tkazish, shu jumladan, infrastruktura, yuk tortish xizmatlari uchun QQSni nolga tushirishdir. Bu masalani har bir ma’muriyat alohida ko‘rib chiqib, milliy qonunchilikda poyezd o‘tkazishga imtiyozni shakllantirishi lozim”, — dedi jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Rossiya temir yo‘llari “Yo‘lovchi tashish” biznes-blokini boshqarish departamenti boshlig‘i Maksim Shneyder.
Izoh (0)