Germaniyaning “Borussiya” Myonxengladbax va “Kayzerslautern” futbol klublari sobiq a’zosi Marselo Pletsh 793 kilogramm marixuanani tashigani uchun 9 yil va 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Bild gazetasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
2015-yilning noyabr oyida Pletsh Braziliyada hibsga olindi. Uning kompaniyasiga tegishli yuk mashinasida 793 kilogramm marixuana topilgandi.
Sobiq futbolchi o‘z aybini inkor etishda davom etmoqda va qarorga qarshi apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda.
“Katta ehtimol bilan qaror o‘zgartirilmaydi”, – dedi Pletshning advokatlaridan biri. Agar jinoiy ishda hech qanday rasmiy xatolar bo‘lmasa, u qayta ko‘rib chiqilmaydi.
11 oydan buyon qamoq jazosini o‘tayotgan Pletsh 2019-yilning 10-iyul oyiga qadar yengil tartibli jazo o‘tash muassasasiga o‘tkazilmaydi. 40 yoshli Marselo 2022-yilning 4-yanvarida ozodlikka chiqadi.
Izoh (0)