“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanning maslahatchisi Erik Olxats fransiyalik futbolchi “Oltin to‘p–2016” mukofotini qo‘lga kirita olishiga ishonmayotganini aytdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“‘Oltin to‘p’ni qo‘lga kirita olmasligimizni bilamiz. Bu safar sovrinni Krishtianu Ronaldu oladi. Agar individual mahorat inobatga olinganida, vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Lekin Ronaldu YChL g‘olibi va Yevropa chempioni bo‘ldi”, – dedi Olxats.
Avvalroq France Football nashri “Oltin to‘p–2016” mukofotiga da’vogar barcha futbolchilarning ismini e’lon qilgandi. Ular orasida Antuan Grizmann ham bor.
2015/16-yilgi mavsumda fransiyalik hujumchi “Atletiko” bilan YChL finalida “Real”ga, Yevro–2016 finalida esa Portugaliyaga imkoniyatni boy bergandi.
Ma’lumot uchun, Grizmann La Liganing 2015/16-yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Izoh (0)