Uzoq saqlanmaganligi tufayli cho‘kmalar yuzaga kelmagan yangi qon quyish (gemotransfuziya) bemorlar orasidagi o‘lim holatlarini kamaytirmaydi. Buni Kanadaning Makmaster universiteti olimlari aniqladi. Ularning ishlari haqidagi ma’lumotni EurekAlert! nashri ma’lum qildi.
Shifokorlar Avstraliya, Kanada, Isroil va AQSh shifoxonalarida gemotransfuziya amalga oshirilgan 31,5 ming bemor orasidagi o‘lim holatlari soniga baho berdi.
Yangi qon qabul qilganlardan 9,1 foizi vafot etganligi aniqlangan. Eski qon quyish bilan hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmaganlar esa bir muncha kamroq — 8,7 foizni tashkil etgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkichlarga qon guruhi, tashxis, shifoxona va mamlakat ta’sir ko‘rsatmagan.
Maqola mualliflarining fikricha, ularning ishi qon uzoq saqlanganda buzilish-buzilmasligi va uning yangiligi muvaffaqiyatli qon quyish jarayonida aks etish-etmasligi haqidagi bahslarga nuqta qo‘yadi.
Zamonaviy tibbiyot texnologiyalari qonni 42 kungacha saqlash imkonini beradi.
Izoh (0)