Germaniyada o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi doirasida 14 nafar Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Politsiya xabarnomasida aytilishicha, qo‘lga olinganlarning bari Checheniston vakillaridir.
“Guruh boshpana so‘rovchilar sifatida ro‘yxatga olingan, ularning bu maqomi ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qo‘lga olinganlarning 11 nafari erkaklar, uch nafari ayollardir.
Izoh (0)