Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasini voyaga yetmagan futbolchilarning xalqaro transferi va ro‘yxatga olishdagi qoidabuzarlik uchun jarimaga tortdi. Bu haqda, FIFA matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Jarima miqdori 220 ming Shveysariya frankini tashkil qildi. Bundan tashqari, Ispaniya futbol federatsiyasiga hayfsan va ogohlantirish e’lon qilindi.
Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyatiga 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning xalqaro transferlari tizimini tartibga solish uchun 6 oy muhlat berdi.
Avvalroq FIFA Ispaniyaning ikki klubi – “Real” va “Atletiko”ga 18 yoshga to‘lmagan futbolchilar bilan shartnoma imzolash qoidalarini buzganligi uchun 2018-yilga qadar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni man qilgandi.
Ma’lumot uchun, 2015-yilda Kataloniyaning “Barselona” klubida ham 18 yoshga to‘lmagan futbolchilar bilan shartnoma tuzish qoidalari buzilgani aniqlanib, jamoaga ketma-ket ikki transfer bozorida futbolchi sotib olish man qilingan edi.
Izoh (0)