Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining finaliga yo‘llanma olish uchun Toshkentning “Lokomotiv” va “Bunyodkor” klublari dastlabki o‘yinda maydonga tushdi. Unda Sardor Mirzayevning yagona goli “temiryo‘lchilar”ga g‘alaba keltirdi.
“Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvning 84-daqiqasiga kelibgina muxlislar gol ko‘rdi. Mirzayevning aniq zarbasi javob o‘yini oldidan “Lokomotiv”ning imkoniyatlarini oshirdi.
O‘zbekiston Kubogining birinchi finalchisi nomi allaqachon ma’lum bo‘lib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Buxoro”ni ortda qoldirgan Qarshining “Nasaf” klubi hal qiluvchi bellashuvda o‘z raqibini kutib turibdi.
O‘zbekiston Kubogi Yarim final 25-oktabr, seshanba
Izoh (0)