Belgiyaning taxtdan voz kechgan 82 yoshli sobiq qiroli Albert II nikohsiz qizi — 48 yoshli Delfina Boerning otasini aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan ish doirasida sudda chiqadi. Bryussel birinchi instansiya sudi eshituvlari 2017-yil 21-fevralga belgilangan, deb xabar beradi “TASS”.
Albert II 2013-yilning 21-iyul kuni hokimiyatdan voz kechib, taxtni katta o‘g‘li Filippga topshirdi, ammo rasman qirol unvonini saqlab qoldi. Taxt bilan birga Albert II sud immunitetidan ham ayrildi.
Delfina Boer u Albert II ning benikoh tug‘ilgan farzandi sifatida rasman tan olinishini talab qilmoqda va buning uchun DNK tahlillarining o‘tkazilishini so‘ramoqda. Agar u Albert II ning qizi deb tan olinsa, sobiq qirol merosining bir qismiga da’vo qilishi mumkin, ammo qirollik oilasiga qo‘shilmaydi.
Izoh (0)