Vyetnamda 500 dan ortiq giyohvand majburiy reabilitatsiya markazidan qochib ketdi. Bu haqda VnExpress nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Politsiya ulardan 150 nafarga yaqinini tutib, qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Qochib ketganlarning qolganlari qidirilmoqda.
Politsiyaning ta’kidlashicha, qochib ketgan giyohvandlar reabilitatsiya markazi yaqinida joylashgan xususiy do‘konni talon-taroj qilgan. Shuningdek, avtomobil oynasini sindirib, transport vositasining egasidan pul talab qilgan.