Olimpiya o‘yinlarining eng keksa ishtirokchisi, yengil atletikachi Simona Sheller 104 yoshida vafot etdi. Bu haqda, Sports-Reference’ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Sheller 1932-yili Los-Anjelesda, 1936-yili Berlinda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi hisoblanadi. Har ikki turnirda u medalga sazovor bo‘la olmagan.
Endilikda Olimpiya o‘yinlarining eng keksa ishtirokchisi amerikalik kanoechi Jon Lisak bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning may oyida dunyodagi eng keksa Olimpiada chempioni Shandor Tariks 102 yoshida vafot etgandi.
Izoh (0)