Kamerunda poyezdning halokatga uchrashi oqibatida 73 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda qutqaruvchilar va shifokorlarga tayanib, mahalliy OAV ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yana halok bo‘lganlarning jasadlari topilgan.
Avariya 22-oktabr, shanba kuni Yaundedan 120 kilometr masofada sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 600 dan ortiq odamning jabrlanganligi haqida ma’lum qilinmoqda.
OAVning ma’lum qilishicha, poyezd yo‘lga chiqishidan avval unga qo‘shimcha vagonlar qo‘shilib, ularga ham yo‘lovchilar joylashtirilgan. Taxminlardan biriga ko‘ra, bu avariyaga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi taxminga ko‘ra, fojiaga temiryo‘l atrofida ko‘chkini yuzaga keltirgan kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)