Tergovchilar Yamalda 19 kishining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan Mi-8 vertolyotining halokati bo‘yicha uchta asosiy taxminni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi sayti ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Asosiy taxminlar sifatida parvoz xavfsizligi va ekspluatatsiya qilish qoidalarini buzish, texnikaning ishdan chiqishi va noqulay ob-havo sharoiti keltirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 21-oktabrida Rossiyaning Yamal yarim oroli Purovsk tumanida Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi. Vertolyot bortida 22 kishi bor edi. U Vankordan Noviy Urengoyga ketayotgan edi. Ammo vertolyot manzilga yetib bormasidan burun u bilan aloqa uzilib qolgan.
Izoh (0)