Liviya hukumat qo‘shinlari IShID jangarilari qo‘lidagi 13 nafar tutqunni ozod qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ozod qilinganlarning 11 nafari Eritreya fuqarolari, shuningdek, ular orasida bir nafardan Turkiya va Misr vakili bor. Tutqunlar Sirtda olti oydan buyon davom etayotgan operatsiya chog‘ida ozod qilindi.
Ular qachon va qayerdan o‘g‘irlab ketilgani hozircha ma’lum emas. Ta’kidlanishicha, IShID odatda xorijliklar ishlaydigan neft konlariga hujum uyushtiradi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)