Rio–2016 Olimpiya o‘yinlaridagi muxlislardan biri suzish bo‘yicha Olimpiada chempioni, avstraliyalik 20 yoshli Mak Xortonning jonini saqlab qoldi. Bu haqda Daily Mail’ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinalarida Xortonning ishtiroki vaqtida muxlislardan biri uning tanasida melanoma — odam uchun eng xavfli bo‘lgan zararli o‘simtani eslatuvchi shubhali xolni payqadi. Muxlis Avstraliya suzish termasi shifokori bilan bog‘lanib, suzuvchiga mutaxassis ko‘rigidan o‘tishni tavsiya qildi.
Oktabr oyida sportchi Melburn shahrida xolni olib tashlash bo‘yicha operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Xorton noyabr oyida mashg‘ulotlarga qaytishni rejalashtirmoqda.
“Shifokorimiz bilan bog‘lanib, xolni olib tashlashni tavsiya qilgan insonga ulkan minnatdorchilik bildiraman. O‘z vaqtida berilgan signal”, – deb yozdi Xorton Instagram’dagi sahifasiga.
Ma’lumot uchun, Mak Xorton Rio–2016 Olimpiadasining 400 metrga erkin suzish bo‘yicha chempioni hisoblanadi.
Izoh (0)