Futbol bo‘yicha Jahon Chempionatlarining barcha timsollari (foto)
Rossiyaning “RBK” nashri futbol bo‘yicha Jahon Chempionatlarida 1966-yildan buyon alohida ahamiyat kasb etadigan ramzlarga e‘tiborini qaratdi.
1966-yil, Angliya — sher Villi
Mundialning birinchi ramzini 1966-yilga kelib Angliya boshlab berdi. Bu Buyuk Britaniyaning an’anaviy ramzi sher edi. O‘zining ta’sischisiga Villi 6 million funt olib keldi, yakunda esa Angliya terma jamoasi jahon chempionligini tantana qildi.
1970-yil, Meksika — bolakay Xuanito
Meksika terma jamoasining libosini kiyib olgan bolakay Xuanito Jahon Chempionati vaqtida juda ommalashib ketdi. Ko‘cha-ko‘yda aynan shunday libosda kezib yurgan minglab bolakaylarni ko‘rish mumkin edi.
1974, GFR — Tip va Top
Oradan to‘rt yil o‘tib ramzdagi bolalar soni bittadan ikki nafarga qadar oshdi. 10 mingga yaqin odam o‘zi yaratgan ramzlari bilan ishtirok etgan bo‘lsada, Tip va Topga asos solgan Otto Rauxu yakunda g‘olib chiqdi va 7 million markani qo‘lga kiritdi. Germaniya termasining liboslariga Weltmeisterschaft, Jahon Chempionati deb yozilgan va unda 74 raqami aks etgandi.
1978, Argentina — bolakay Gauchito
1978-yilga kelib bolakaylarning ramzga aylanishi ketma-ket uchinchi bor kuzatildi. Gauchito uning formasini kiyib olgan Argentina terma jamoasi aynan shu yili ilk bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
1982, Ispaniya — Naranxito
Ispaniyada o‘tgan mundial ramzi oddiygina apelsin edi. U albatta Ispaniya terma jamoasining formasiga burkangandi. Shunga qaramay Naranxito hammaga ham ma’qul kelmadi. Ayrim odamlar uning ta’sirini Piriney orolida chetdan kelgan mahsulotga talabning oshib ketishi bilan izohlardi.
1986, Meksika — Pike
1986-yilga kelib Meksika yana bir bor jahon chempionati mezboniga aylandi. Bu safar mo‘ylovlari bor, boshida esa shlyapasi zohir bo‘lgan Pike ismli qalampir katta sahnaga chiqdi. Bu ramz braziliyalik rassom Jayme Peredu tomonidan chizib berildi.
1990, Italiya — Chao
Italiya bayrog‘iga burkangan, boshning o‘rnida esa futbol to‘pi aks etgan odamlar Italiyadagi mundial ramziga aylandi. Italiyan tilidagi eng mashhur so‘z “chao” esa umumxalq ovoz berishidan so‘ng ramzga tirkab qo‘yildi.
1994, AQSh — Strayker
AQShdagi mundial uchun ramzni Disney kompaniyasining o‘zi topib berdi. Bu hujumchi ma’nosini beradigan “strayker” laqabli it edi. Kompaniya bu ishi uchun 11 million dollarni qo‘lga kiritdi.
1998, Fransiya — Futiks
Fransiyadagi Jahon Chempionatining ramzi Futiks laqabli xo‘roz edi. “Fut” so‘zini ingliz tilidan oyoq deb tarjima qilish, “iks” qo‘shimchasini esa fransiyaliklar qadrlaydigan Asteriksdan kelib chiqib tushunish o‘rinli. Uning bordolik asoschisi Frank Letorini ko‘chirmakashlikda ayblab chiqishdi, keyinroq esa u sudni o‘z foydasiga hal qila oldi. Futiks uchun Frank 27 million dollar oldi. Mundial uchun ishlab chiqilgan ramz egalarining birortasi ham bunday pulga ega chiqa olmagan. Yakunda Fransiyaning jahon chempioni bo‘lishi, barchasini joy-joyiga tushirib yubordi.
2002, Yaponiya va Janubiy Koreya — Amo, Kaz va Nik
Internet foydalanuvchilari kompyuter o‘yinidan kelib chiqib, JCh—2002 ramzlarini Amo, Kaz va Nik deb nomlashdi. Bu Yaponiya va Janubiy Koreyada texnologiyalar naqadar rivojlanganini ko‘rsatishi kerak edi. Avvalroq Amoni Atmo deyish boshlangandi. Biroq keyinchalik internet olamida Atmo nomi bilan mashhur behayo sayt borligi aniqlandi va ramzning nomi Amoga o‘zgardi.
2006, Germaniya — sher Goleo VI va Paul
Germaniyadagi mundial uchun ramzni yaratish missiyasi amerikaliklarning “Sezam ko‘chasi” dasturini ishga tushirgan dasturchilar chekiga tushdi. Goleoning o‘z tarixi bor. U Afrikada katta bo‘ldi. O‘zining shunday ismli ajdollaridan keyin u oltinchisi edi. Goleo barcha teleshoularda ishtirok etdi, reklamalarda suratga tushdi, intervyular berdi. Biroq nemislar uni jon-dillari bilan qarshi olishmadi. Birinchidan, sher Germaniya termasining ashaddiy raqibi bo‘lgan Angliyaning ramzi edi. Ikkinchidan esa uning futbolkasi bo‘lsa-da, ishtoni ko‘rinmasdi. Natijada nemislar uning yoniga Paulni ham qo‘shib qo‘yishdi.
2010, JAR — Zakumi
Bunisi esa leopard Zakumi. 1994-yilning 16-iyunida da tavallud topgan Andris Odendal tomonidan chizilgan talisman. Uning tug‘ilgan kunida aperteid rejimi ustidan g‘alaba qozonilgandi. Leopardning sochlari futbol maydonlaridan andoza olib, yashil tusga bo‘yab qo‘yilgandi.
2014, Braziliya — Fuleko
Fuleko raqs tushishni yoqtiradi, ijtimoiy tarmoqlarda do‘stlari bilan suhbat quradi, shuningdek, ekologiya borasida qayg‘uradi. “Mening eng oliy maqsadim — butun dunyoni futbol yordamida birlashtirish. Mening vazifam Braziliyaning go‘zal tabiatini muhofaza qilish va uni kelajak avlodlarga bus-butun yetkazish”, — deb jar soladi Fuleko.
Izoh (0)