BMT va Kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilot tomonidan tayyorlangan hamda BMT Xavfsizlik kengashiga taqdim etilgan hisobotda 2015-yilning 16-martida Idlib viloyatining Kaminas aholi punktida hukumat qo‘shinlari tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanganligi haqida so‘z yuritiladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
21-oktabr, juma kuni taqdim etilgan hisobot Suriyada kimyoviy qurol qo‘llash bilan bog‘liq 13 oylik surishtiruv davomida tayyorlangan to‘rtinchi hisobot bo‘ldi.
Surishtiruv davomida Suriya hukumat qo‘shinlari xlorli bochkalarni uloqtirgan vertolyotlardan foydalanganligini aniqlandi. Hisobotda aytilishicha, ushbu parvozlar 63-vertolyot brigadasining 253, 255-eskadrilyalari joylashgan ikki bazadan amalga oshirilgan.
Biroq surishtiruv davomida operatsiyani boshqarib turgan kishilarning ismlarini aniqlash imkoni bo‘lmagan. Hisobotda ta’kidlanishicha, buning uchun mas’ul harbiy xizmatchilar javobgarlikka tortilishi kerak.
Izoh (0)