Shvetsiya poytaxti Stokgolm yaqinida qochqinlar boshpanasi yonib ketdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Boshpana xodimlari tashqarida shovqin eshitib, yorug‘lik payqagani hamon politsiyaga murojaat qilgan. Stokgolm politsiyasi vakili Kyell Lindgrenning so‘zlariga qaraganda, qo‘ng‘iroqdan ko‘p o‘tmay yong‘in boshlangan.
O‘sha paytda binoda 11 kishi bor edi — ikki xodim va to‘qqiz qochqin. Ulardan hech kimga ziyon yetmadi.
Oxirgi hafta mobaynida qochqinlar boshpanasiga o‘t qo‘yilishi bilan bog‘liq ikkinchi holat kuzatilmoqda.
Izoh (0)