O‘zbekistonlik grossmeyster Rustam Qosimjonov Toshkentda o‘tayotgan “Shaxmat Yulduzlari” festivalining uchinchi kunidan keyin to‘rt nafar shaxmatchi orasida uchinchi bo‘lib turibdi.
Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan turnirning uchinchi kunidagi barcha — 6 ta partiya durang bilan o‘z yakuniga yetdi, deb xabar berdi “Olamsport”. Natijada grossmeysterlarning jadvaldagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi.
Qayd etish kerak, ketma-ket besh partiyada durang o‘ynagan Qosimjonov, ikkinchi kundagi so‘nggi partiyani isroillik Boris Gelfandga boy berib qo‘ygandi.
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollari bo‘lib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan grossmeyster 20 ming dollarga ega chiqadi.
“Shaxmat Yulduzlari” 3-tur bellashuvlari 21-oktabr, juma
Ponomaryov — Qosimjonov 0,5:0,5Gelfand — Mamadiyorov 0,5:0,5
Gelfand — Ponomaryov 0,5:0,5Mamadiyorov — Qosimjonov 0,5:0,5
Ponomaryov — Mamadiyorov 0,5:0,5Qosimjonov — Gelfand 0,5:0,5
1. Shaxriyor Mamadiyorov (Ozarbayjon) — 6 ochko2. Boris Gelfand (Isroil) — 4,5 ochko3. Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) — 4 ochko4. Ruslan Ponomaryov (Ukraina) — 3,5 ochko
Izoh (0)