Bahraynda o‘tayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida guruh bosqichi o‘yinlariga yakun yasaldi.
Musobaqaning “D” guruhidan joy olgan Jasur Abduraimov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi so‘nggi turda Xitoy bilan 0:0 hisobida golsiz durang o‘ynadi. O‘zbekistonliklar avvalgi ikki turda Tojikiston va Avstraliyani mag‘lub etgan bo‘lsa, xitoy aksincha, mana shu termalarga imkoniyatni boy bergandi.
Guruh yetakchiligini 2-turdan keyinoq hal qilib qo‘ygan O‘zbekiston termasi Xitoyga qarshi asosan zaxira futbolchilari xizmatidan foydalandi, deb yozdi “Maydon.uz”.
Guruhdagi ikkinchi bellashuvda avstraliyalik futbolchilar Tojikistonni mag‘lub eta olmadi — 0:0. O‘yinning 5-daqiqasida yashil qit’a yoshlari penaltidan foydalana olmadi. 81-daqiqadagi qizil kartochka sabab esa maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Bu durang Tojikistonni guruhning ikkinchi jamoasiga aylantirdi.
Osiyo Chempionati—U19 “D” guruhi. 3-tur 21-oktabr, jumaO‘zbekiston — Xitoy 0:0
O‘zbekiston: Umid Ergashev — Aziz Suyunov, Xushnud Avilov, Sanjar Qodirqulov (Shohrux Mahmudhojiyev, 74), Saidjamol Davlatjonov, Suhrob Nurilloyev, Javohir Esonqulov, Jamshid Yusupov, Husniddin G‘ofurov, Begzod G‘anijonov, Nurillo To‘xtasinov.Avstraliya — Tojikiston 0:0
Chorak final bellashuvlari 23—24-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda g‘olib chiqqan terma jamoalar 2017-yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati—U19 da ishtirok etadi.
Izoh (0)