Albus NoX Luna kibersport tarixida League of Legends o‘yini bo‘yicha jahon chempionatining chorak finaliga qadar yetib borgan MDHdan bo‘lgan birinchi jamoa bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, AQShdan Moskvaga qaytish chog‘ida kibersoprtchilarni aeroportda ko‘plab muxlislar kutib oldi.
League of Legends bo‘yicha jahon chempionati kibersport sohasidagi eng yirik xalqaro turnir hisoblanadi. 2016-yilgi musobaqa AQSh hududida bo‘lib o‘tmoqda. Turnir 29-sentabr kuni boshlangan va 29-oktabrgacha davom etadi.
Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 4,1 million dollarga teng. Butun dunyo bo‘ylab ushbu o‘yinni har oy 100 million odam o‘ynaydi.
Izoh (0)