Kipr qirg‘oq qorovuli dengizda 80 dan ortiq muhojirni qutqarib oldi

Kipr sohillarida 80 dan ortiq muhojir qutqarib olindi. Ularning kemasi sayozlikka tushib qolgan edi, deb ma’lum qiladi “Interfaks”.

Foto: “Trend.az”

Foto: “Trend.az”

Kipr qirg‘oq qorovuli xodimlari 37 bolani, 14 ayolni va 32 erkakni qutqarib oldi.

Barcha muhojirlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ulardan hech biri jiddiy zarar ko‘rmagani aytilmoqda.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing