Huawei Tech Investment Tashkent jahondagi yetakchi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari loyihalarini yetkazib beruvchi kompaniya sifatida poytaxtda mamlakatning bank sektori vakillari uchun seminar tashkil etdi. Tadbir amaldagi mijozlarni va potensial hamkorlarni kompaniya tomonidan yaratilgan korporativ bank tarmog‘i infratuzilmasi bo‘yicha yangi tarmoq loyihalari va so‘nggi innovatsion mahsulotlar bilan tanishtirishga yo‘naltirilgandi.
“AKT sohasida boy tajriba va texnik bilimlarga ega bo‘lgan Huawei kompaniyasi xizmatlarning keng spektrini, shu jumladan, elektr energetikasi va bank sektoridagi servisni taqdim etadi”, — deya ta’kidladi o‘zining tabrik nutqida kompaniyaning bosh direktori Van Pen.
Seminar davomida ma’ruzachilar, shu jumladan, Huawei’ning mijozlari va hamkorlari ta’kidladiki, kompaniya bank sektori uchun server, tarmoq loyihalarini, bulutli hisob-kitoblar va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari uchun loyihalarni taklif etadi. Ushbu loyihalarning joriy etilishi esa, o‘z navbatida, banklarga innovatsion bo‘lib qolishda yordam beradi.
Aytish lozimki, kompaniya mijozlari orasida mamlakatning moliya vazirligi, markaziy banki ham bor. Ularning vakillari seminar ishtrokchilari bilan Huawei xodimlari tomonidan yaratilgan mahsulotlar va loyihalardan foydalanish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Ta’kidlash lozimki, seminar tinglovchilari nafaqat o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, balki kompaniyaga yanada rivojlanish va yangi innovatsion mahsulotlarni yaratishni ham tilab qoldi. Shundan so‘ng barcha qatnashchilar Huawei’ning shou-rum sifatida jihozlangan bulutli texnologiyalar innovatsiya markaziga tashrif buyurdi. Bu yerda kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan so‘nggi mahsulotlar va loyihalar namoyish etilgan. Ko‘rgazma stendida “Aqlli uy” loyihasi, korporativ AKT loyihalari, shuningdek, tarmoqqa simsiz ulanishni ta’minlash bo‘yicha turli uskuna va jihozlar taqdim etilgan.
Yuqori texnologiyali markaz 200 kvadrat metr maydonda joylashgan bo‘lib, bir necha namoyish bloklarini o‘z ichiga olgan. Ulardan birida korporativ segment uchun AKT loyihalari havola qilingan. Bu yerda kompaniya mijozlari va hamkorlari Wi-Fi ochiq maydoni, tarmoq kommutatorlari va terminal jihozlarining ishlashini baholashi mumkin bo‘ldi.
Shuningdek, markazga tashrif buyurganlar kompaniya bulutli tarmoqlarda korporativ segmentga qanday xizmatlarni taqdim eta olishini, jumladan, serverlar, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash qurilmalarining qanday bo‘lishi va ular qanday ishlashini bilib oldi.
Umuman olganda, markaz shartnomadan oldingi bosqichda buyurtmachilarga Huawei kompaniyasi tomonidan taklif etiladigan AKT loyihalari bilan u yoki bu xizmatlarni yoki qurilmalarning ishlashini joyida modellashtirgan holda yaqqol tanishish imkoniyatini taqdim etadi.
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.
Izoh (0)