Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida O‘zbekiston joy olgan guruhdagina so‘nggi tur o‘yinlari qoldi, qolgan barcha guruhlarda chorak final ishtirokchilari aniqlandi.
“B” guruhini Iroq termasi 7 ochko bilan yakunladi. BAA ustidan 1:0, KXDR ustidan esa 4:0 hisobida zafar quchgan iroqliklar, so‘nggi turda Vyetnam bilan durang o‘ynadi — 0:0.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda BAA yoshlari KXDRni taslim qildi — 3:1. 3-turdan keyin Vyetnam 5, BAA 4 ochko jamg‘ardi.
Guruh bosqichi yakuniga ko‘ra yuz foizlik natijani qayd etish imkoniyati faqatgina O‘zbekiston yoshlar termasida saqlanib turibdi. Buning uchun Jasur Abduraimov jamoasi 21-oktabr kuni Xitoyni mag‘lub etishi kerak.
Chorak finalda mezbon Bahrayn Vyetnamga qarshi kurash olib borsa, Iroq va Saudiya Arabistoni termalari o‘zaro to‘qnash keladi. Jahon Chempionatiga yo‘llanma beruvchi bu bosqichda O‘zbekiston yoshlari Eronni sinovdan o‘tkazadi.
Ayni vaqtda faqatgina Yaponiyaning chorak finaldagi raqibi ma’lum emas. Avstraliya va Tojikiston termalari o‘yini kunchiqar yurt yoshlarining yarim final yo‘lidagi juftini aniqlab beradi.
Osiyo Chempionati—U19 “B” guruhi. 3-tur 20-oktabr, payshanba
Izoh (0)