14–15-oktabr kunlari Latviya Respublikasining LTV 1 telekanalining tasvirga olish guruhi Buxoro viloyatining turizm salohiyatini keng yoritish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif davomida LTV 1 telekanali ijodkorlari Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylari – Ark qo‘rg‘oni, Samoniylar maqbarasi, Poyi Kalon majmuasi, Toqi Zargaron, Toqi Telpakfurushon, Toqi Sarrafon savdo toqlari, Mag‘oki Attoriy masjidi, Labi Hovuz majmuasi, shuningdek, Buxoro shahridagi bir qator qadimiy karvonsaroylarni tasvirga oldi.
Tasvirga olish guruhi, shuningdek, Buxoro shahridagi “Chinor” restoranida Buxoroning butun dunyoga mashhur bo‘lgan taomlaridan biri – kabobni tayyorlash jarayonini suratga oldi.
Bundan tashqari, LTV 1 telekanali ijodkorlari Buxorodagi xonadonlardan biriga tashrif buyurib, o‘zbek xonadonlarida qadimdan saqlanib qolgan urf-odatlar, mehmonlarni qabul qilish jarayoni bilan qiziqib, o‘zbek milliy taomlaridan tandir somsani tayyorlash jarayonini suratga oldi.
Izoh (0)