Isroil xavfsizlik kuchlari IShID terrorchi guruhiga sadoqat izhor etishda gumonlanayotgan arab-yahudiy juftligini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Times of Israel nashrining bildirishicha, 41 yoshli Uissam va 30 yoshli Sabrin Zabiday 22-sentabr kuni Tel-Aviv aeroportida uch nafar farzandi bilan Turkiyadan qaytayotgan paytda ushlab qolindi. Isroil umumiy xavfsizlik xizmati bayonotiga ko‘ra, oila 2015-yilda Suriya-Turkiya chegarasida IShIDga qasamyod qilgan.
Bundan tashqari, oila rahbari bir muddat Iroqda bo‘lgani aytilmoqda. U yerda erkak tayyorgarlik ko‘rgani, so‘ng harbiy harakatlarda ishtirok etgani taxmin qilinmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)