Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida avtobus ishtirokida ro‘y bergan YTH oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Tog‘ yo‘lidan ketayotgan avtobus jarlikka quladi. Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Yana bir necha o‘n kishi jarohat oldi. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazildi.
Izoh (0)