Belgiya Aleppoga aviazarbalar berilishida ishtirok etmadi. Bu haqda mamalakat bosh vaziri Sharl Mishel Yevroittifoq sammiti chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Men mudofaa vazirligidan olgan axborotga ko‘ra, Belgiya Aleppoga aviazarbalar berilishida ishtirok etgani yo‘q”, — dedi u.
Uning aytishicha, mudofaa vazirligi parlamentga yaqin kunlarda harbiy-havo kuchlarining Suriyadagi xatti-harakatlari yuzasidan axborot taqdim etadi.
Izoh (0)