AQShning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi xavfli sarguzashtlar ishqibozi bo‘lgan 8Booth taxallusi ostidagi bloger balandligi qariyb 40 metr bo‘lgan binoning tomidan xavfsizlik kamarisiz suvga sakradi, deb xabar bermoqda TJournal.
Bloger suvga sakragan videoni ikkita kameraga yozib olib, YouTube’dagi kanaliga joyladi.
14-oktabr kuni joylangan videoni 2 milliondan ortiq foydalanuvchi ko‘rishga ulgurdi. Xavfli sarguzashtlar ishqibozi ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgan.
Avvalroq kaliforniyalik blogerning turli kutilmagan joylardan suvga sakragar videolari e’lon qilingandi.
Izoh (0)