Madridning “Real” klubi va Braziliya termasining sobiq hujumchisi Ronaldo sobiq klubdoshi va terma jamoadagi sherigi Roberto Karlos uning hayotini saqlab qolganini aytdi. Bu haqda AS nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Roberto Karlos hayotimni saqlab qolgan. Bu voqea yarim tundan so‘ng sodir bo‘lgandi. Biz mehmonxonada biroz mizg‘ib olishga qaror qildik. Mening tomirlarim tortishib qoldi va 30 soniyaga hushimni yo‘qotgandim”, – dedi Ronaldo.
Ronaldo “Real” safida 2002–2007-yillar, Roberto Karlos esa madridliklar tarkibida 1996–2007-yillar davomida to‘p surgan. Ayni damda ular “Qirollik klubi”ning dunyo bo‘ylab elchisi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Ronaldo Braziliya termasi safida 113 o‘yin o‘tkazib, 73 ta gol kiritgan hamda mamlakat termasi bilan ikki marta (1994, 2002-yillar) jahon chempioni bo‘lgan. Roberto Karlos Braziliya tarkibida 125 o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol kiritgan va 2002-yilgi jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)