AQSh prezidenti Barak Obama va birinchi xonim Mishel Obama mashg‘ulotlar uchun o‘z pleylistlarini ma’lum qildi. Bu haqda Rolling Stone xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Prezidentning “mashg‘ulotlar” trekida birinchi o‘rinni Black Eyed Peas guruhining Let’s Get It Started qo‘shig‘iga ishlangan miks egallagan. Undan keyingi o‘rinlarni amerikalik jaz-qo‘shiqchi Nina Simon va Sting egallaydi. Shuningdek, prezidentning pleylistidan Bob Marlining Could You Be Loved treki ham joy olgan.
Obama zamonaviy ijrochilardan Beyonse va Jay-Z’ni afzal ko‘radi. Amerika prezidenti shved musiqasidan Icona Pop’ning elektro-pop duetini tinglashini ma’lum qilgan.
Izoh (0)