2040-yilga qadar jahon neft sektoriga 10 trillion dollar investitsiya kiritilishi zarur, aks holda neft qazib chiqarish va yetkazish hajmlarini bugungi darajada ushlab turishning imkoni bo‘lmaydi. Bu haqda OPEK bosh kotibi Muhammad Barkindo Oil & Money konferensiyasidagi chiqishida ma’lum qildi.
“Hisob-kitoblarimizga qaraganda, 2040-yilga kelib industriyaga 10 trillion dollar atrofida investitsiyalar talab etiladi, bugungi darajani ushlab turish uchun”, — uning so‘zlarini keltiradi “TASS”.
Izoh (0)