Og‘ir ish kuni yakunida bajarish kerak bo‘lgan ishlarning yarmiga ham ulgurmaslik bilan bog‘liq holat sizga tanishmi? Buning sababi, qanchalik g‘alati bo‘lmasin, vaqtning yetishmasligi emas, balki uni tashkillashtirishga to‘g‘ri yondashmaslikdir.
Ushbu muammoni bartaraf etish uchun turli usullar mavjud. Eng samarali usullarni e’tiboringizga havola etamiz.
- Barchasi qat’iy reja bo‘yicha ketishi kerak!
Deylik, siz jurnalistsiz va kun oxiriga qadar tahririyatga uchta maqola topshirishingiz kerak. Agar siz aniq reja tuzib — maqolalarning nomlanishi, tuzilishi va tezislarini oldindan yozib olsangiz, ishlashingiz ancha osonroq bo‘ladi!
- O‘zingizni qanday his qilayotganingizga e’tibor bering.
Agar ish davomida biror bir noqulaylikni his qilsangiz uning sababini bartaraf etishingiz kerak. Tamaddi qilib oling, sayr qiling, qahva yoki bir stakan sovuq suv iching. Tanangizga ishlash qulay bo‘lganda, miya ham maksimal darajada mahsuldor ishlay boshlaydi.
- “2 daqiqa” aksiomasi.
- “5 daqiqa” aksiomasi.
Yaxshisi “5 daqiqa” qoidasini joriy qiling: bu siz yoqtirmagan ish bilan har kuni besh daqiqa shug‘ullanishni anglatadi (faqat muntazam bajarish sharti bilan). Biroz vaqt o‘tib, siz belgilangan besh daqiqalik chegaradan chiqib ketganingizni payqamay qolasiz.
- Omadli odamlarning qoidasi.
Internet manbalari asosida tayyorlandi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.