Meksikalik arxeologlar mamlakat g‘arbida, Gerrero shtatidagi g‘orlarda ispan konkistadorlarining Amerika qit’asi mustamlakaga aylantirilgan asrlarda hindular tomonidan chizilgan qoyatosh suratlarini aniqladi. Bu haqda Milliy antropologiya va tarix instituti e’lon qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Petrogliflarda XVI asr konkistadorlarining libosiga o‘xshagan harbiy liboslarga burkangan kishilar tasvirlangan. Jumladan, tasvirlangan odamlar patli shlyapalar qo‘ndirib olgan, qilich va arbaletlar bilan qurollangan, deyiladi xabarda.
Olimlarning fikricha, topilgan petrogliflar hindu san’atining o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradi. Qo‘llar, jonivorlar, osmon jismlarining sxematik tasvirlanishi shular jumlasidandir.
Izoh (0)