IShID terrorchi guruhining Liviya bo‘linmasi yetakchilaridan biri Sirt shahridagi to‘qnashuv chog‘ida yo‘q qilindi. Bu haqda “al-Bunyan al-Marsus” qo‘mondonligi vakillari ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Liviya milliy murosa hukumatiga bo‘ysunuvchi qo‘shinlar operatsiyani besh oydan buyon olib bormoqda.
Hamid Mluka ismli jangari al-Manara kvartalida yo‘q qilindi. U zakot to‘planishi uchun javobgar hisoblangan. Terrorchi Tripolidan 160 kilometr naridagi Zliten shahrida tug‘ilgani ma’lum. Ilgari u “Ansor ash-sharia” guruhiga a’zo bo‘lgan, ammo keyinchalik IShID saflariga o‘tib ketgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)