Doping bilan tutilgan Olimpiada chempioni Tereza Yoxaug ikki oyga diskvalifikatsiya qilindi

Chang‘i poygasi bo‘yicha Vankuver–2010 qishki Olimpiadasi g‘olibi, yetti karra jahon chempioni va ikki karra jahon Kubogi sohibi norvegiyalik Tereza Yoxaug antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki oyga barcha musobaqalardan chetlatildi. Bu haqda Norvegiya antidoping agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: Business Insider

Foto: Business Insider

Avvalroq norvegiyalik sportchi quyosh nurlaridan saqlaydigan kremni labiga surtgani va buning oqibatida uning organizmiga taqiqlangan modda – klostebol tushgani haqida xabar berilgandi.

Yoxaugning doping mojarosi uchun javobgarlikni Norvegiya termasi shifokori Fredrik Bendiksen o‘z zimmasiga olgan va iste’fo bergandi.

Norvegiyalik chang‘ichining diskvalifikatsiyasi 18-dekabrgacha amal qiladi. Yoxaugning ishi ko‘rib chiqilishi uchun Norvegiya antidoping qo‘mitasiga berildi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing