Suriya qurolli muxolifati Rossiya tomonidan 20-oktabr uchun gumanitar tanaffus e’lon qilinganidan so‘ng Aleppo shahridan qo‘shinlarini olib chiqishdan bosh tortdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Muxolifatning barcha guruhlari har qanday olib chiqish talabini mutlaqo rad etadi”, — ma’lum qildi Suriya ozod armiyasi vakili Zakariyo Muloxafjiy.
Bundan tashqari, “Ahror ash-Shom” guruhi yetakchilaridan biri Aleppo hududida qarshilik ko‘rsatishda davom etishini bildirdi.
Izoh (0)