Isroil politsiyasi Quddus shahrida Falastinning “Hilol Al-Quds” futbol klubi bosh murabbiyi Maxer Abu Saninani u futbolchilarga terrorchi surati tushirilgan banner bilan jamoaviy rasm qilishni so‘raganidan so‘ng hibsga olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Maxer Abu Sanina jamoa terrorchining banneri bilan suratga tushganidan bir necha kun o‘tib, 16-oktabr kuni qo‘lga olindi. Mutaxassis 19-oktabr kuni sud oldida javob beradi.
“Hilol Al-Quds” jamoasi 10 ochko bilan Falastin chempionatida birinchi o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)