Braziliyada 300 ga yaqin mahbus qamoqxonaning ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketdi

Braziliyaning Franko-da-Rosha shahri qamoqxonasidan 300 ga yaqin mahbus qochib ketdi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti”

Foto: “Vesti.ru”

Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, ular qamoqxonaning ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketgan.

Hozirgi paytga kelib qochoq jinoyatchilarning bor-yo‘g‘i 18 nafari qo‘lga olingan. Mamlakatning jazoni ijro etish ishlari bo‘yicha vazirligi esa 55 mahbus qochganligi haqida bayonot berdi.

Avvalroq Braziliya qamoqxonalaridan biridagi tartibsizliklarda 25 nafar mahbus o‘ldirilgani xabar qilingandi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing