18-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Indoneziya Tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari hamda IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)