Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyoning “Manchester Yunayted”ga o‘tish taklifini o‘ylab o‘tirmay qabul qilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
“‘Manchester Yunayted’ga o‘tishim borasidagi muzokaralar bir yil avval ham o‘tkazilgandi. Lekin kelishuv amalga oshishiga ishonmagan edim, chunki o‘shanda buning uchun qulay fursat bo‘lmagan.
Keyin ‘MYu’ rahbariyati ‘Benazir’ (Joze Mourinyo)ni taklif qildi. Mourinyo qo‘ng‘iroq qilib sen bilan gaplashganda, seni ko‘ndirishning keragi ham bo‘lmaydi. ‘MYu’ga o‘tishim uchun u menga: ‘Seni Manchesterda kutyapman’ degani yetarli bo‘ldi”, – dedi Ibrahimovich.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli shvetsiyalik futbolchi shu yilning yozida erkin agent sifatida “MYu” tarkibiga qo‘shilgan edi.
Izoh (0)