Mosul shahrini IShID guruhidan ozod qilish bo‘yicha operatsiyada ishtirok etayotgan 3 mingga yaqin iroqlik harbiy xizmatchi turkiyalik instruktorlar tarafidan tayyorgarlikdan o‘tkazildi. Bu haqda Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari No‘mon Qurtulmush bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Siz bilasiz, Turkiya Mosul hokimining iltimosiga binoan lager qurdi. Mosullik mahalliy kuchlarning ko‘pchiligi — 4 ming kishi o‘sha yerda tayyorgarlikdan o‘tdi”, — dedi u Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
“Hozir Turkiya tayyorlagan 3 ming kishi IShIDga qarshi janglarda ishtirok etmoqda”, — qo‘shimcha qildi u.
Shu matbuot anjumani doirasida Qurtulmush Suriyada 1250 kvadrat kilometr hudud IShIDdan tozalanganini bildirgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)