Fransiyalik sobiq futbolchi Vensan Perikar Angliyaning “Stok Siti” klubida to‘p surayotgan vaqtida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Perikarning ma’lum qilishicha, u Angliyadagi faoliyati davomida o‘zini baxtsiz his qilgan va chuqur tushkunlikda bo‘lgan. Ba’zida Perikar mashg‘ulot qilishni istamay, qorong‘i xonada o‘tirgan.
“Ba’zi insonlarga o‘z joniga qasd qilish fikri keladi. O‘z jonimga qasd qilish haqida ko‘p o‘ylaganman, ammo bu ishga qo‘l urmadim. Mening omadim bor”, – dedi 34 yoshli sobiq futbolchi.
Ma’lumot uchun, Vensan Perikar futbolchilik faoliyatini 2012-yilda yakunlagan. Faoliyati davomida u “Sent-Etyen”, “Yuventus”, “Portsmut”, “Stok Siti” va “Sautgempton” klublari sharafini himoya qilgan.
Izoh (0)