Gazli ichimliklar chiqarish bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinda turuvchi PepsiCo kompaniyasi 2025-yilga qadar o‘z mahsulotlarida shakar, natriy va to‘yingan yog‘lar miqdorini kamaytirish rejasini e’lon qildi. Bu haqda, Fortune nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
2025-yilga kelib kompaniya ichimliklarining uchdan ikki qismida 360 millilitrlik idish uchun kaloriyalar miqdori hozirgidan ko‘ra 100 kaloriyaga kamroq bo‘ladi. Kompaniya ushbu natijaga erishish uchun tarkibida shakar kam bo‘lgan ichimliklar sonini ko‘paytirish, shuningdek, mavjud ichimliklar formulasiga o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zlamoqda.
Hozir Pepsi mahsulotlarida past kaloriyali ichimliklar ulushi 40 foizni tashkil etadi.
Izoh (0)