Papua – Yangi Gvineyaga tegishli Yangi Britaniya oroli sohillarida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmatiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Yerosti silkinishlari epitsentri Yangi Britaniya oroli va Papua – Yangi Gvineyaning shimoliy sohili orasida, Kandrian shahridan 78 kilometr shimoli-g‘arbda, zilzila o‘chog‘i esa 22 kilometr chuqurlikda joylashdi. Sunami xavfi e’lon qilinmadi.
12-oktabr kuni Papua – Yangi Gvineyada 5,7 magnitudali zilzila kuzatilgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)