AQShda yengil atletika bo‘yicha uch karra jahon chempioni, sprinter Tayson Geyning 15 yoshli qizi Triniti o‘qotar quroldan olingan jarohatlar oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda AP agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kentukki shtatining Leksington shahri politsiyasining ma’lum qilishicha, shahardagi restoranlardan birining avtoturargohida otishma sodir bo‘ldi. Guvohlarning ta’kidlashicha, otishma ishtirokchilari ikkita har xil mashina ichida bo‘lgan.
Politsiya xodimlari mashinalardan birini qo‘lga oldi va ichidagi ikki kishini so‘roq qilish maqsadida politsiya mahkamasiga jo‘natdi.
Otishma vaqtida uch marta yaralangan Triniti Gey keyinroq Kentukki Universiterining tibbiyot markazida halok bo‘ldi. O‘z navbatida, AQShlik 34 yoshli sportchining agenti Mark Uetmor Triniti vafot etganini tasdiqladi.