Alepponing sharqiy qismiga uyushtirilgan aviahujum oqibatida 14 kishidan iborat oila halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qurbonlarning sakkiz nafari bolalar, ikki nafari ayollardir. “Oq dubulg‘a” tashkiloti ko‘ngillilarining ta’kidlashicha, aviazarbani Rossiya havo kuchlari bergan.
Shaharliklar BBC’ga bergan guvohliklarida oxirgi kecha Aleppoga uyushtirilgan aviahujumlarda bunkerlarga qarshi bombalar qo‘llanganini aytdi. Ilgariroq Britaniyada o‘rnashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi 11-oktabr kuni Aleppo sharqidagi bombardimonlarni qayta boshlagan Rossiya samolyotlari shaharga bunkerlarga qarshi bombalarni tashlayotganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)