Angliya chempionatining uchinchi divizioni doirasidagi “Charlton” va “Koventri” klublari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida stadiondagi muxlislar maydonga o‘yinchoq cho‘chqachalarni uloqtirdi. Bu haqda, Mirror nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Stadiondagi har ikki jamoa muxlislari maydonga plastik cho‘chqachalarni uloqtira boshlaganidan so‘ng uchrashuv 1-daqiqada to‘xtatildi.
Bir necha daqiqa o‘tib o‘yin davom ettirildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu xatti-harakatlar orqali har ikki klub muxlislari jamoa rahbariyatining ishidan norozilik bildirdi.
Uchrashuv “Charlton”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.