Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich ikki nafar o‘g‘lini klub akademiyasiga berdi. Bu haqda The Sun nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Ibrahimovichning Maks (10 yosh) va Vinsent (8 yosh) ismli farzandlari akademiyaga avvalroq qabul qilingan “MYu” sardori Ueyn Runining 6 yoshli o‘g‘li Kay bilan birga mashg‘ulot o‘tkazadi.
“Manchester Yunayted” akademiyasida, shuningdek, Maykl Kerrik, Rayan Giggz va Niki Battning farzandlari to‘p suradi.
Ma’lumot o‘rnida, Zlatan Ibrahimovich Angliya chempionatining 7 o‘yinida maydonga tushib, 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi