O‘zbekistonlik tennischi Sanjar Fayziyev Tashkent Challenger—2016’dagi yurishiga chorak finalda yakun yasadi, deb yozdi “Olamsport”.
Dunyoning 102-raketkasi hisoblangan rossiyalik Konstantin Kravchukka qarshi kortga tushgan Fayziyev har ikkala setni boy berdi — 4:6, 5:7.
Sanjar Fayziyev chorak finalga qadar rossiyalik Yevgeniy Donskoy hamda qozog‘istonlik Aleksandr Neyedovesovni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Sanjar Fayziyev Tashkent Challenger—2016’ning juftlik bellashuvlarida sherigi Jo‘rabek Karimov bilan yarim finalga yo‘llanma olgan.
Izoh (0)